📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!

“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi #Kitob_jamiyat_qalbi 📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz! ✍️Abdurahmon Ibrohim 🖌 “G‘ir-g‘ir shabada” 📚Abdurahmon Ibrohimning qariyb qirq yillik ijodi davomida yaratilgan hajviy asarlaridan saralab olingan ushbu to‘plamga kiritilgan hikoya va hajviyalari bilan tanishar ekanmiz, adib adabiyotimizning satira janri xazinasini yanada boyitishga intilganining guvohi bo‘lamiz. -Mazkur hikoya va hajviyalarda ayrim kishilarning xulq-atvori va tabiati, shuningdek, ijtimoiy hayotda uchraydigan ba’zi illatlar satira va yumorning serqirra usullari — sarkazm, qochirim, kinoya, grotesk, mubolag‘a va boshqa badiiy vositalar orqali yaratilgan obrazlar talqini bilan namoyon bo‘ladi. -Ushbu asarlar o‘quvchini goh achchiq, goh yengil kulgi ostida o‘ylantirishi, qiziqtirishi va satirik tafakkur olamiga yetaklashi shubhasiz, deb o‘ylaymiz.