📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!

“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi #Kitob_jamiyat_qalbi 📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz! ✍️Dmitriy Alekseyevich Gluxovskiy 🖌 “METRO 2033 ” Agar sizni sirli dunyolar, hayot uchun kurash va insoniyat taqdiriga daxldor sarguzashtlar o‘ziga tortsa, bu kitob aynan siz uchun! 2033-yil. Dunyo xarobaga aylangan, insoniyat esa qirilib ketish arafasida. Radiatsiya bilan zaharlangan Moskva — endi arvohlar shahri. Faqatgina bir joyda hayot uchquni hali ham so‘nmagan: bu — Moskva metrosi. Eng katta yer osti boshpanasida bekatlar kichik shahar-davlatlarga aylangan, zulmatga to‘la tunnellarda esa xavf har bir qadamda poylab turadi. Shunday dahshatli sharoitda “VDNX” bekatida yashovchi Artyom butun metroni bosib o‘tib, o‘z bekatini va ehtimol, qolgan insoniyatni ham qutqarish uchun hayotini xavf ostiga qo‘yadi.