📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!
“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi
#Kitob_jamiyat_qalbi
📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!
✍️Tomas Harris
🖌 “Qizil ajdarho ”
📚Tavsiya etamiz: Tomas Harris — “Qizil ajdarho”
Amerikalik mashhur yozuvchi Tomas Harris — triller janrining tengsiz ustasi. Uning asarlari dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq nusxada sotilgan bo‘lib, o‘quvchilarni hayratga soladigan sirli voqealar, keskin dramatik burilishlar va kuchli psixologik tasvirlar bilan mashhur.
“Qizil ajdarho” — muallifning doktor Gannibal Lekter haqidagi mashhur tetralogiyasining birinchi kitobi. Bu asar o‘quvchini birinchi sahifasidan boshlab o‘ziga rom etadi, qahramonlar ruhiyati, jinoyatning ichki mexanizmlari va keskin voqealar esa uni yanada kuchli qiladi. Kitob dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq nusxada sotilgan hamda 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.