Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz! ✍️Alisher Navoiy 🖌“Xamsa”
“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi
Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!
✍️Alisher Navoiy
🖌“Xamsa”
📚 Tavsiya etamiz!
Nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki butun turkiy adabiyotning bebaho durdonasi sanalgan “Xamsa” bugungi kun kitobxonlari uchun ham bitmas-tuganmas ma’naviy xazina hisoblanadi. Mumtoz adabiyotimiz sultoni — buyuk mutafakkir va shoir Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu ulkan asar asrlar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.
Mazkur nashrda “Xamsa” asarining muxtasar mazmuni bayon etilgan bo‘lib, kirish qismlar, keng tasvirlangan manzaralar hamda ayrim monologlar ma’lum darajada qisqartirilgan. Shunga qaramay, asarning g‘oyaviy mazmuni, badiiy qudrati va falsafiy teranligi to‘laqonli saqlab qolingan.