Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz! ✍️Mark Tven 🖌“Geklberri Finning boshidan kechirganlari”

“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz! ✍️Mark Tven 🖌“Geklberri Finning boshidan kechirganlari” 📚 Tavsiya etamiz! 📚Qo‘lingizdagi ushbu asar Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashab ijod etgan mashhur adib Mark Tven (Semyuel Lengxorn Klemens, 1835–1910) qalamiga mansub bo‘lib, ona tilimizga tarjimon Odil Rahimiy tomonidan mahorat bilan o‘girilgan. Ushbu roman adibning dunyo kitobxonlari sevib mutolaa qiladigan “Tom Soyerning sarguzashtlari” asarining mantiqiy va mazmunan bevosita davomidir. Asarda voqealar Tom Soyerning sodiq do‘sti — erkinlikni hamma narsadan ustun qo‘ygan sho‘x va jasur bola Geklberri Finn hamda qullikdan qochgan qora tanli yigit Jim atrofida rivojlanadi. Ta’qib va zulmdan qochgan bu ikki qahramon yovvoyi va sirli Missisipi daryosi kengliklari sari yo‘l oladi.