Atrof muhitni asrashga befarq boʻlmaylik.

 Tabiatni muhofaza qilish -tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasidir.Joriy yilning 24-fevral sanasida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida“Atrof muhitni asrashga  befarq boʻlmaylik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Suhbat jarayonida yosh kitobxonlarga  tabiatni asrash har birimizning fuqarolik burchimiz va tabiatni asrashda barchamiz faol ishtirok etishimiz zarur  ekanligi takidlandi.