Atrof muhitni asraylik.

✅Baxmal tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan  31-yanvar kuni  O`zbekiston Ekologik  partiyasi Baxmal tuman kengashi  xodimlari  bilan hamkorlikda  “Atrof muhitni asraylik” nomli davra suhbati tashkil etildi .  Davra suhbati davomida  ishtirokchilarga  tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilinganligi haqida ma`lumotlar berildi . Bular „Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1992-yil 9-dekabr), „Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may), „Yer osti boyliklari toʻgʻrisida“ (1994-yil 23 sentabr; 2002-yil 12 dekabrda yangi tahrirdagi), „Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1996-yil 27-dekabr) gi qonunlardir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan.