Axborot-kutubxona markazi,Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida Turon maktab teatri tanlovi bo’lib o’tdi.

 Joriy yilning 25-fevral kuni  Baxmal tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman 3-sektorga qarashli maktablar,tuman Madaniyat markazi,Axborot-kutubxona markazi,Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida Turon maktab  teatri tanlovi bo’lib  o’tdi.Tanlov  Baxmal tuman 3- sektorga qarashli maktablar oʻrtasida 2-shart asosida ya’ni tanishtiruv, savol- javob hamda  asarlardan teatrlashtirilgan sahna ko’rinishida tashkil etildi.Ikkinchi shart bo’yicha  O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Erkin Vohidovning “Qiziquvchan Matmusa”,Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’aloni”,  Alisher Navoiyning   “ Farhod va Shirin”,Sharof boshbekovning “Temir Xotin”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”asarlaridan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.Ushbu tanlovda umumiy xisob bo’yicha tumandagi  56- umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari g’alaba qozondi va  tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.