📚 AXBOROT-KUTUBXONA XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MAHORAT DARSI

📚 AXBOROT-KUTUBXONA XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MAHORAT DARSI Joriy yilning 11-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. 💻 Mahorat darsi davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, kutubxona faoliyatida raqamli vositalarni qo‘llash, elektron resurslar bilan ishlash hamda foydalanuvchilarga axborot xizmatlarini yanada sifatli ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔹 Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha foydali ko‘nikmalar shakllantirildi. Shuningdek, xodimlarning bilim va tajribalarini oshirishga qaratilgan amaliy mashqlar ham o‘tkazildi.