#Axborot_texnalogiyalari

#Axborot_texnalogiyalari

 

10 iyun kuni Baxmal Axborot-kutubxona markazida atoqli o’zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Axmad  tavalludining 105 yilligi munosabati bilan Kitobxonlar klubi a’zolari hamda faol kitobxonlar  bilan birgalikda davra suhbati tashkil qilindi.  Said Axmadning tavalludi ,bosib o’tgan hayot yo’li va yaratgan asarlari haqida  ma’lumot berildi. Jumladan Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahri “Samarqand darvoza” mahallasida o‘z davrining obro‘li insonlaridan bo‘lgan Husanxo‘ja Dadaxo‘jayev oilasida dunyoga kelgan. 1964-1974 yillarda “Ufq” trilogiyasini yozib tugatadi va o‘zbek adabiyotida trilogiya janriga asos soladi. 1988 yilda yozilgan “Jimjitlik” romanida esa sho‘ro davrining turg‘unlik yillari ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan ko‘rsatilgan. Roman yovuzlik va ezgulikning abadiy kurashini aks ettiradi.