#Axborot_texnalogiyalari #Ish_faoliyati

#Axborot_texnalogiyalari #Ish_faoliyati ✅Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida hozirgi kunda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish ” bo’limi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.Markazda mavjud bo’lgan barcha kitoblarni scanner qurilmasi orqali raqamlashtirib, maxsus dastur orqali ishlov berilib DVD disklarga joylamoqda.Markazning axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida har chorakda markazda mavjud barcha kompyuterlar tekshiruvdan o’tkazib kelinmoqda. Markaz tomonidan o’tkazilayotgan turli tadbirlar va yangiliklarni markazning web sayti va barcha ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib kelinmoqda.Markazda mavjud kompyuterlarga dasturiy xizmat ko’rsatilmoqda.Markaz xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida haftada bir marotaba mahorat darslari o’tkazib kelinmoqda.