“Ayol – hayot chirogʻi” mavzusida tadbir oʻtkazildi

“Ayol – hayot chirogʻi” mavzusida tadbir oʻtkazildi 13-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 15-fevraldan 15-martgacha yurtimizda oʻtkazilayotgan “Ayollarni eʼzozlash” oyligi doirasida “Ayol – hayot chirogʻi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda yosh kitobxonlar faol ishtirok etdilar. Unda ayollarning jamiyatdagi oʻrni, ularning oiladagi mehr-muhabbati, fidoyiligi hamda kelajak avlodni tarbiyalashdagi beqiyos hissasi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, tadbir davomida yosh kitobxonlar tomonidan turli sahna koʻrinishlari namoyish etilib, ayollarga boʻlgan hurmat va ehtirom yana bir bor ifoda etildi. Ayollarga bagʻishlangan kitoblar targʻib qilinib, ishtirokchilarga maʼnaviy ozuqa beruvchi fikr va tavsiyalar taqdim etildi.