📚 Ayol – mehr, ezgulik va ilhom timsoli
📚 Ayol – mehr, ezgulik va ilhom timsoli
2026-yil 6-mart kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “Kitobxonlar klubi” a’zolari faol ishtirok etib, ayollarni ulug‘lovchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari va qiziqarli chiqishlar namoyish etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar kitob va ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni, onalar va ustozlarga bo‘lgan hurmat-ehtirom haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi hamda ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana bir bor namoyon etdi.
✨ Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi barchani kitob mutolaasi va ma’naviyat sari chorlaydi.