“Ayol qadri ulug‘langan yurt”
“Ayol qadri ulug‘langan yurt”
6-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.