Ayolga e’tibor.

Joriy yilning 6-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” kuni munosabati bilan kitobxonlar klubi a’zolari hamda faol kitobxonlar ishtirokida “Ayolga e’tibor” mavzusida musiqiy kecha tashkil etildi.Musiqiy kechada ishtirokchilar 4 ta shart asosida bellashdilar. 1.Tanishtiruv-ushbu shartda ishtirokchilar o‘zlarining tarjimai xoli,hobbisi,kelajakdagi orzulari haqida qisqacha ma’lumotlar berdilar. 2.Onaga ta’rif-bunda ayollarni,onalarni,opa-singillarning hayotda tutgan o’rinlari hamda hayotni ularsiz tasavvur qila olmaslikni ifoda etildi. 3.Chevarchilik-qadimgi urf-odatlarimizni yodga olindi. 4.qo‘ng‘iroq orqali onalarni tabriklash-8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan chiroyli dil isxorlari va uzurnomalarini yo‘llash. Tadbir ishtirokchilari tadbir tashkilotchilari tomonidan bayramona sovg’alar hamda turli nominatsiyalar bilan taqdirlandi.