📚Badiiy asarlar o‘qishnimasi bilan qadrli?

📚Badiiy asarlar o‘qishnimasi bilan qadrli? ⚡️Badiiy asar o‘qimagan odam ko‘pincha hayotni faqat o‘z tajribasi bilan baholaydi. Bu esa fikrni toraytiradi. Kitoblar esa bizni boshqa hayotlar, boshqa xarakterlarva boshqa taqdirlar bilan yuzlashtirib, tafakkurni kengaytiradi. ✅Kitob o‘qigan sayin dunyoqarash o‘zgaradi. Asarlar orqali o‘zing qilmagan xatolarni ko‘rasan, noto‘g‘ri tanlovlar qanday oqibatlarga olib kelishini his qilasan. Bu esa real hayotda qaror qabul qilishda yordam beradi. ✅Yana bir katta foydasi – odamlarni tushunishni o‘rganasan. Har bir insonning ichida kurash borligini anglab, shoshqaloq xulosa qilishni bas qilasan. Natijada sabrli va mulohazali bo‘lib borasan. ✅Eng muhimi, o‘zingga xos fikring shakllanadi. Ko‘p o‘qigan odam gaptopolmay qolmaydi. Hatto sukutda ham uning ichki dunyosi boy bo‘ladi.