"Bagʻrikenglik haftaligi" doirasida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi

✅Jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular ongiga turli millatlar an'ana va qadriyatlarni hurmat qilish kabi tuygʻularni singdirish maqsadida 16 noyabr - Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlangan "Bagʻrikenglik haftaligi" doirasida  joriy yilning 12 -noyabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 81-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabida turli millat yozuvchilari, shoirlari hamda olimlarining asarlari va tadqiqot ishlari, milliy madaniy markazlar vakillari tomonidan nashr etilgan adabiyotlardan iborat "Yangi Oʻzbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi" nomli 21 nomdagi kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.