Baxmal AKM mutaxassisi Novqa MFY hududida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 3-fevral kuni Baxmal AKM mutaxassisi tumandagi Novqa MFY hududida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Gulbahor Yangiboyevaga kutubxonadagi javonlarga kitoblarni joylashtirish tartibi,kitob pasportini yozish,kitobxon formulyarini yuritish, kitobxonlar bilan turli tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.