Baxmal tuman AKM mutaxassisi tumandagi Do'stlik MFY hududida joylashgan 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 26-fevral kuni Baxmal tuman AKM mutaxassisi tumandagi Do'stlik MFY hududida joylashgan 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Eshboyeva Shaxnozaga, kitoblarga ishlov berish,kitoblarni qanday tartibda joylashtirish, kutubxona formulyarini yuritish tartibi to’g’risida o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.