Baxmal tuman AKM mutaxassisi tumandagi Oqtosh QFY hududida joylashgan 69-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 20-fevral kuni Baxmal tuman AKM mutaxassisi tumandagi Oqtosh QFY hududida joylashgan 69-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Shamiyeva Gulistonga kutubxona kundaligining yuritilishi, kitoblarga ishlov berish,kitoblarni kitob javoniga qanday tartibda joylashtirish to’g’risida o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.