✅Baxmal tuman AKM xodimi tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
✅Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi mahallalarda tashkil etilgan namunali ko‘chma kutubxonalar, maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 4-oktabr kuni Baxmal tuman AKM xodimi tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida 1-maktab kutubxonachisi Sattarova Mavludaga kitoblarga ishlov berish,kutubxona formulyarini yuritish tartibi, gazetalar bilan ishlash,kitoblarni kitob javonlariga qanday tartibda joylashtirish to’g’risida o‘z tushuncha va tavsiyalarini berdi.