Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan mahallalarda aholi hamda yoshlarning kitobga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida ko‘chma kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan munt
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan mahallalarda aholi hamda yoshlarning kitobga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida ko‘chma kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan muntazam ravishda uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 12-iyun kuni tumandagi 88-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisiga ko‘chma kutubxona faoliyatini tashkil etish, kitob fondidan samarali foydalanish, kitobxonlikni targ‘ib etish hamda kitoblar hisobini yuritish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kutubxona xizmatlari sifatini oshirish va kitobxonlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi.