Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholini sifatli axborot-kutubxona xizmatlari bilan muntazam ta’minlash maqsadida ko‘chma kutubxonalar tashkil etilgan.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholini sifatli axborot-kutubxona xizmatlari bilan muntazam ta’minlash maqsadida ko‘chma kutubxonalar tashkil etilgan. Ushbu ko‘chma kutubxonalar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va kitobxonlarga yanada qulay xizmat ko‘rsatish yuzasidan muntazam ravishda uslubiy yordam berib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 12-iyun kuni Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Baxmal tumani Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga uslubiy yordam ko‘rsatildi. Tadbir davomida ko‘chma kutubxona fondidan samarali foydalanish, kitoblar hisobini yuritish, kitobxonlikni targ‘ib etish hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.