✅Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi turli tashkilotlar, mahallalarda faoliyat yuritayotgan namunali ko‘chma kutubxonalar hamda maktab kutubxonalariga doimiy ravishda uslubiy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

✅Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi turli tashkilotlar, mahallalarda faoliyat yuritayotgan namunali ko‘chma kutubxonalar hamda maktab kutubxonalariga doimiy ravishda uslubiy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Mazkur ishlar doirasida joriy yilning 11-fevral kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimi tuman Ko‘zi ojizlar kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida kutubxonachi Xudoyorova Maxliyoga kitoblarga ishlov berish tartibi, kutubxona hujjatlarini yuritish, jumladan kitobxon formulyarlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, shuningdek adabiyotlarni kitob javonlariga mavzu va tartib asosida joylashtirish bo‘yicha batafsil tushuncha va amaliy tavsiyalar berildi.