📚 Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 2026-yilda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

📚 Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 2026-yilda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. 📅 Joriy yilning 6-aprel kuni markazda kitobxon ishtirokida “Kitob mening do‘stimsan” mavzusida davra suhbati hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 💬 Mazkur tadbir davomida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, ayniqsa, xotin-qizlarning ma’naviy va intellektual rivojlanishida tutgan ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda tavsiya etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.