Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi
Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi
✅Yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi. Ushbu burchak fuqarolarimizning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
✅Tashkillashtirilgan burchakda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri, huquqiy mavzudagi adabiyotlar, davlat ramzlari, shuningdek, konstitutsiyamiz yaratilish tarixi va uning jamiyatimizdagi o‘rni haqida ma’lumotlar joylashtirildi. Kitobxonlar ushbu qo‘lyozmalar hamda ko‘rgazmali materiallar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.