✅Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kutubxonaga kelgan yangi kitoblar targ’iboti o’tkazildi.
✅Har bir davlatning taraqqiy etishida kitobning o’rni beqiyos.Yoshlarning yozgi ta’tilda bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishida axborot-kutubxona markazlarining ham o’rni katta.Joriy yilning 24-iyun kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kutubxonaga kelgan yangi kitoblar targ’iboti o’tkazildi.Unda yosh kitobxonlar yangi kelgan kitoblar bilan yaqindan tanishdi va ma’lumotlarga ega bo’ldilar.Yosh kitobxonlarga “Boy ota kambag’al ota” nomli kitobini o’qish tavsiya etildi.