Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📚 Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlil yig‘ilishiga muvofiq, 29-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida ham Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatining 2025-yil 9 oy yakunlari bo‘yicha tahlil yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbir davomida xizmat faoliyati davomida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda markaz rahbari so‘zga chiqib, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron kutubxona fondini boyitish, foydalanuvchilarga qulay raqamli xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidladi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan axborot tizimlarini yangilab borish, xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish, ijtimoiy tarmoqlarda faol kontent yaratish va onlayn xizmatlardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.