Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan har haftaning payshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida buyuk mutafakkir va shoirlar Alisher Navoiy hamda Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijodiy faoliyati, ularning jahon adabiyoti va ma’naviy tafakkur rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar buyuk mutafakkirlarning hayoti va ijodiga oid bilimlarini namoyon etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.