Baxmal tumani axborot-kutubxona markazi hamda 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda “G‘azal mulkining sultoni” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy taval
Baxmal tumani axborot-kutubxona markazi hamda 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda “G‘azal mulkining sultoni” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbir buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar bobomizning g‘azallari, ruboiylari va hikmatli so‘zlarini mahorat bilan ijro etishdi. Shuningdek, Navoiy hayoti va boy ijodiy merosidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tengdoshlar qalbida adabiyotga bo‘lgan mehr va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.
Mazkur tadbir yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.