Baxmal tumani axborot-kutubxona markazi huzuridagi “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida "Buyuk siymo,soʻz, gʻazal mulkining sultoni" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Mir Alish
“G‘azal mulkining sultoni” — ma’naviyat va adabiyot bayrami
Baxmal tumani axborot-kutubxona markazi huzuridagi “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida "Buyuk siymo,soʻz, gʻazal mulkining sultoni" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar bobomiz Alisher Navoiyning g‘azallari, ruboiylari hamda hikmatli so‘zlarini yoddan va xirgoyi qilib ijro etishdi. Shuningdek, buyuk allomaning hayoti va ijod yo‘liga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari orqali tengdoshlariga chuqur ma’naviy ozuqa ulashildi.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida kitobga muhabbat, milliy adabiyotimizga hurmat va buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.