Baxmal tumanida “Yilning eng fidoyi kutubxonachisi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Baxmal tumanida “Yilning eng fidoyi kutubxonachisi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

 

✅Joriy yilning 11-dekabr kuni Baxmal tumani Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida tuman Maktabgacha va Maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Yilning eng fidoyi kutubxonachisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

 

💫Tadbirda tuman AKM mutaxassislari hamda umumta’lim maktablarining kutubxonachilari faol ishtirok etishdi. Tanlov ishtirokchilari o‘z mahorati va bilimlarini namoyish etishlari uchun 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

 

🏆G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-, 2- va 3-o‘rin egalari diplom, kitoblar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

📚Mazkur ko‘rik-tanlov kutubxonachilar o‘rtasida tajriba almashish, malaka oshirish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi deb o'ylaymiz.