Baxmal tumanida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni aniqlash bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi.
✅Baxmal tumanida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni aniqlash bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman umumta’lim maktablari hamda kasb-hunar maktablarining iqtidorli qizlari faol ishtirok etishdi.
📚Mazkur tadbirda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi ham faol ishtirok etib, 150 nomdagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblardan iborat ko‘rgazmani tashkil etdi.
📚Ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Unda yosh ijodkorlar, talabgor qizlar hamda mehmonlar uchun o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, zamonaviy yozuvchilar asarlari, shuningdek, ayollar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiyotlar namoyish etildi.
📚Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.