Bayrog‘im — faxrim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im — faxrim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga bayrog‘imizning tarixi, undagi rang va ramzlarning mazmun-mohiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Yoshlarimizda Vatanimizga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat, yurtimiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiluvchi sahna ko‘rinishlari, she’rlar namoyish etildi.
Mazkur tadbir yoshlarda mustaqillik ne’matining qadriga yetish, bayrog‘imizni ardoqlash va uni Vatan ramzi sifatida ulug‘lash g‘oyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.