BIR BO'LSAK - YAGONA XALQMIZ,BIRLASHSAK - VATANMIZ!

Joriy yilning 28-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Baxmal tuman Milliy gvardiya bo'limi,tuman 81-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda axborot-kutubxona markazi hamkorlikda "BIR BO'LSAK - YAGONA XALQMIZ,BIRLASHSAK VATANMIZ!" shiori ostida davra suhbati bo'lib o'tdi.Ushbu davra suhbatida yurtimizning mustaqillik tarixi va mustaqillikka erishish yo'lida jasorat ko'rsatgan shaxslar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.