Bolajonlar bilan suhbat
Bolajonlar bilan suhbat
Joriy yilning 28-yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” munosabati bilan tuman Oqtosh QFY hududidagi 11-sonli DMMTT da “Tabiatni asraylik ” mavzusida bolajonlar bilan suhbat tashkil etildi.Suhbat davomida atrof muhit,tabiat,tabiatni asrash,yashil iqtisodiyot tushunchalari haqida bolalar tez anglab oladigan sodda soz‘lar bilan tushunchalar berildi.Bolajonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga AKM mutaxassisi tomonidan kerakli javoblarni olishdi. Suhbat so'nggida tarbiyalanuvchilarga AKM fondida mavjud rasmli ertak kitoblar targ‘ib qilindi.