Bolalar quvonchi – barchamizga bayram!

Bolalar quvonchi – barchamizga bayram!

 

🔰 "1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Baxmal tumanidagi “Baxmal” mahallasida joylashgan bolalar istirohat bogʻida kichkintoylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

 

🔰 Tuman hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan ushbu tadbirda tumandagi maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari, ota-onalar hamda tuman tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

 

🔰 Bayram dasturi doirasida Baxmalning xushovoz xonandasi Baxodir Moʻminov hamda bir guruh isteʼdodli sanʼatkorlar oʻz chiqishlari bilan yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

🔰 Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan rang-barang raqslar va sahna koʻrinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

 

🔰 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan muassasa vakillariga tuman hokimligining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.