“Book game” oʻyini oʻtkazildi.

✅ Joriy yilning 18-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar klubi aʼzolari bilan birgalikda “Book game” oʻyini oʻtkazildi.Ushbu o‘yinda ishtirokchilar maxsus book game deb nomlangan idishdan qog’ozchalarga berkitilgan savollarni olishadi.Savollarda kitob nomlari hamda mualliflari keltirilgan bo‘lib savolni olgan kitobxon ushbu kitob haqida ma’lumot berishi kerak . Ushbu o‘yinni o‘tkazishdan maqsad aholi va yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish ko‘zda tutilgan.