📚 Bugun, 16-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida “Ilm va tarbiya — najot yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

"Kitobxonlik haftaligi-2026" 📚 Bugun, 16-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida “Ilm va tarbiya — najot yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🖋 Ushbu tadbir buyuk ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning boy ijodi va hayot yo‘liga bag‘ishlangan bo‘lib, unda uning asarlarida ilgari surilgan ilm, tarbiya va insoniylik g‘oyalari keng yoritildi. Tadbir doirasida Abdulla Avloniy hayoti va ijodini aks ettiruvchi kitoblar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi. 📖 Ko‘rgazmada adibning pedagogik qarashlari, yosh avlod tarbiyasiga oid fikrlari hamda milliy ma’rifatni yuksaltirishga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 🌱 Mazkur tadbir yoshlarni kitobxonlikka va ularda ilmga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.