Bugun, 16-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida yana bir ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📚✨ Ushbu tadbir munosabati bilan 6-sonli musiqa va san’at maktabining o‘qituvchilari hamda o‘quv

“Kitobxonlik haftaligi – 2026” Bugun, 16-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida yana bir ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📚✨ Ushbu tadbir munosabati bilan 6-sonli musiqa va san’at maktabining o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari markazga sayohat uyushtirdilar. 🎶 Mehmonlar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 📖🌟 Tashrif davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib borildi. 🤝💫 Bunday sayohatlar o‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish, bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.