Buvim o’qib bergan kitoblar
Kitobxonlikni keng qamrovda targ‘ib etish maqsadida ”Oilamiz — kitobxon” loyihasi doirasida joriy yilning 18-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi ,,O’smat SHFY hududidagi kitobxon oilalar xonadonlariga tashrif buyurib “Buvim o‘qib bergan kitoblar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida Qarshiboyeva Melixol ona hamda nabiralari Bahora,Dilnura,Saidalar birgalikda o’qigan kitoblari haqida savol javoblar o’tkazdi. Qarshiboyeva Melixol ona xonadoni kitobxon oila ro‘yxatiga kiritildi.