Buvim o‘qib bergan kitoblar.
Oila muhitining farzand tarbiyasidagi o‘rni va roli katta. Ota-onalar o‘z farzandlariga yoshligidan qanday tarbiya berishsa shunday ulg’ayishadi. Uyda ota-onalar o‘zlarining yaxshi tomonlari bilan ibrat ko‘rsatishlari lozim.Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida turli targ‘ibot tadbirlari,davra suhbatlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.Jumladan joriy yilning 13-fevral kuni AKM mutaxassisi tomonidan tumandagi Oqtosh QFY hududida istiqomat qiluvchi Norqo‘ziyevlar oilasida “Buvim o‘qib bergan kitoblar” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o ‘tdi.Unda kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati katta ekanligi haqida gapirib o‘tildi.