✅ “Buyuk sarkarda” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi va davra suhbati bo’lib o’tdi.
✅Joriy yilning 9-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida O‘rta Osiyolik buyuk turkiy hukmdor, sarkarda Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Buyuk sarkarda” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi va davra suhbati bo’lib o’tdi.Unda quyidagilar takidlandi.
Amir Temur yoshligida kuchli va baquvvat yigit bo’lgan .Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni karimni” yoddan bilgan,diniy bilimi ham kuchli bo’lgan.O’z davridagi diniy ulamolar bilan bemalol bahslasha olgan.Jang sanatini ham mukammal o’rgangan.Ikki qo’lda qilich bilan bemalol jang qila olgan.Amir Temur nafaqat O’rta Osiyoda balki jahondagi eng mashhur sarkardalardan biri bo’lgan.Bu haqda Fransiyalik tarixchi yozuvchilardan Marsel Brion “Men kim Fotih Temur” hamda Lyusen Kerenning “Amir Temur saltanati” asarlarida ko’plab ma’lumotlar berilgan.