Buyuklar doim qalbimizda .
Buyuklar doim qalbimizda .
Erkin Vohidov she’rlarini sevib mutolaa qilamiz.Boisi shoirning so‘zi tiniq, ich-ichidan nurlanib turadi.Nafislik va zarofat ,shaffoflik va dilso‘zlik Erkin Vohidov she’riyatining umrboqiyligini ta’minlaydigan sifatlardir.
2020-yilning oktabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Erkin Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va oʻzbek tillarida taqdim etildi.
28 dekabr O‘zbekiston qahramoni O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Buyuklar doim qalbimizda”deb nomlangan kitob rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ushbu ko'rgazmadan shoirning turli yillarda yaratilgan eng sara she'riy to'plamlari joy olgan.