Buyuklarga ehtirom.

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulug‘laganlar. “Nizomiddin” - din nizomi deganidir. Ko‘pincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” - amir demakdir. Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan “Buyuklarga ehtirom” deb nomlangan kitob rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.