Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun .
Madhiya — qalbida oʻz Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 10-dekabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan kitobxonlar ishtirokida"Yurtim madhiyasi 32 yoshda" deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.Ushbu davra suhbatida yurtimiz madhiyasining tarixi, har bir satrining mazmun-mohityati,muallifi va bastakori haqida ma'lumotlar berildi.