Davra_suhbati

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida 11 oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Qiz bola — kelajak tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning kelajakdagi roli haqida fikr almashildi. Suhbat qizlarni rag‘batlantirish va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratildi. Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z fikrlarini bildirdilar.