Davra suhbati bo'lib o'tdi

Joriy yilning 10-aprel kuni  Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek romanchiligining  asoschisi, yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg hamda eng mashhur hozirgi kunga qadar o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan  “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon ” romanlari muallifi Abdulla Qodiriy tavalludining 131 yilligi munosabati bilan "O'zbek romanchiligining  asoschisi" deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasi hamda davra suhbati  tashkil etildi.Unda Abdulla Qodiriyning hayoti va yozgan asarlari,”Jadidchilik harakati”ga  qo’shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi .