Davra suhbati bo'lib o'tdi.

24-yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida "Yoshlar bizning kelajagimiz" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.Davra suhbatida hozirgi texnika rivojlangan davrda yoshlarning zamonaviy uyali aloqa vositalariga berilib ketib kitob o'qishni bir chekkaga surib qo'yayotganligi achinarli hol ekanligi, shuningdek kitob o'qishning inson uchun foydali tomonlari ko'pligi alohida takidlandi.