Davra suhbati tashkil etildi.

O'sib kelayotgan yosh avlodni kitobxonlikka qiziqtirish,ular ongida kitobga bo'lgan mehr tuyg'ularini uyg'otish maqsadida yurtimizda ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda,davra suhbatlari tashkil etilmoqda .Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ham yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.Joriy yilning 4-aprel kuni axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi Novqa MFY hududidagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Yoshlar bizning kelajagimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida xozirgi rivojlangan davrda yoshlarning zamonaviy texnikalar(telefonlar)ga tobe bo'lib qolishi oqibatda kitobga bo'lgan qiziqishi so'nib borayotganligi, aksincha kitob mutolaasi inson miya faoliyati rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega ekanli alohida ta'kidlandi.Davra suhbati davomida 12 nomdagi kitoblar targ'ib qilindi va 18 nafar o'quvchi kutubxonaga yangi a'zo bo'lib qo'shildi.